Masan

Masan — Janubiy Koreyadagi shahar. Kyonsan-Namdo provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 422 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxiri). Transport yo’llari tuguni. Chinxeman qo’ltig’i (Koreya bo’g’ozi)dagi port. Kemasozlik, elektrotexnika, harbiy, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shahar yaqinida GES qurilgan. Baliq ovlanadi va qayta ishlanadi.