Massiv
Massiv (lotincha massa — bo’lak, parcha) — 1) tog’lik yerlarning baland joylaridagi bir-biriga o’xshash yaxlit qismlari (masalan, Pomir massivi); 2) geografik xususiyatlari va umumiy manzarasi bir tusdagi yaxlit, tutash yerlar, maydon (masalan, o’rmon massivi); 3) me’morchiligi jihatdan bir butunlikni tashkil etgan turar joy kompleksi (masalan, Chilonzor massivi).