Uzuntumshuq qo’ng’izlar
Uzuntumshuq qo’ng’izlar (Curculionidae) — qo’ng’izlarning bir oilasi. 4000 turi ma’lum, shundan 400 ga yaqini ko’proq uchraydi. Boshining oldingi uchida kemiruvchi og’iz apparati joylashgan, boshida uzun naychasi (ba’zan Xartum deyiladi) bor. Boshidagi naychasi boshidan, ayrimlarida tanasidan ham uzun bo’ladi. Shunga ko’ra kalta xartumlilar va uzun xartumlilarga ajratiladi. Mo’ylovlari, odatda bo’g’im-bo’g’im. Ko’pchilik kalta xartumlilar qanoti reduktsiyalangan, ustki qanoti birbiri b-ilan qo’shilib o’sgan. Uzuntumshuq qo’ng’izlarning ko’pi o’simlik guli, kamdankam turlarining lichinkasi o’simlikning yer osti qismlari bilan ovqatlanadi (fitofaglar). Kalta xartumli Uzuntumshuq qo’ng’izlar tuxumini tuproqqa, uzun xartumlilar esa o’simlik to’qimalariga qo’yadi. Lichinkasi oq yoki sarg’ish, oyoqsiz, tana qoplag’ichi bo’g’imli, o’zi yashayotgan muqitda pilla ichida g’umbakka aylanadi. Uzuntumshuq qo’ng’izlar qishloq xo’jaligi ekinlariga katta zarar keltiradi. Masalan, lavlagi uzunburuni, tuganak filchalari, beda barg filchasi va boshqalar. Kurash choralari: agrotexnika tadbirlariga rioya qilish va kimyoviy preparatlardan foydalanish.