Uzunsho’r neft-gaz- kondensat koni
Uzunsho’r neft-gaz- kondensat koni — Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi kon, Buxoro shahridan 95 kilometr Janubda, 1969 yilda ochilgan. Konning g’arbiy qismi Turkmanistonning Lebap viloyati Forob tumani hududida. Kondan 80 kilometr shimoliy Sharqda Buxoro—Ural magistral, gaz quvuri o’ttan. Kon relefi barxan qumlari va sho’rxok tekislikdan iborat, 150— 190 metr balandlikda joylashgan. Uzunsho’r strukturasi Chorjo’y tektonik pog’onasining Markaziy qismidagi Dengizko’l zanjirsimon ko’tarilmasi shimoliy g’arbiy qismida joylashgan. Struktura shimoli Sharq yo’nalishida cho’zilgan, 2 ta mustaqil kubbagaega. Shimoliy Sharqiy qubba yirikroq, simmetrik tuzilgan. 2 qubbada neft uyumi mavjud. Uzunsho’r neft-gaz- kondensatda jami 8 quduq qazilgan bo’lib, paleozoy, yura, bo’r, paleogen, neogen to’rtlamchi davr jinslari ochilgan. Yura davri yotqiziqlari neftgazga mahsuldor bo’lib, ular terrigen, karbonat va tuzangidrit qatlamlaridan tarkib topgan. Bu yotqiziqlarda mahsuldor gorizontlar mavjud. Gazkondensat uyumi burmaning asosiy garbiy qubbasi bilan bog’liq. Ba’zi gorizontlarda gazlar quruq, azotuglevodorod sinfiga mansub. Kondensant kam oltingugurtli. 15—16-gorizontda ham neft, ham gaz uchraydi. 15-gorizont qatlam suvlari sedimentasion, metamorflashgan, xloridkaltsiy tarkibli namakoblardan iborat. Kon 2003 yil boshida sanoat miqyosida foydalanishga tayyorlangan.