Uilkinson Jefri

Uilkinson Jefri (1921.14.7, Todmordon) — ingliz organik kimyogari. London Qirollik jamiyati a’zosi (1965 yildan). Atom energiyasi bo’yicha Birlashgan Angliya— AQSh—Kanada loyihasida (1943-46), Kaliforniya universitetida (1946-50), Massachuset texnologiya institutida (1950-51), Garvard universitetida (1951-55) ishlagan, London universiteti professor (1956 yildan). Ilmiy ishlari metallorganik birikmalar kimyosiga oid. Yengil sharoitlarda olefinlar va atsetilen uglevodorodlarni gidrogenlashda qo’llanadigan universal gomogen katalizator — [(C6H5)3P]3RhCl (Uilkinson katalizatori) kashf etgan (1958). Geksametilvolfram va boshqa metallarning barqaror alkil hosilalarini sintez qilgan. Nobel mukofoti laureati (1973, E. O. Fisher bilan hamkorlikda).