Lo’la pardoz

Lo’la pardoz (forscha lo’la — g’o’la)— o’ymakorlikda pardoz turi; bo’rtma (relef) naqshning novda va chiziqlari (tanob, raftor)ga yarim dumaloq shakl berishda qo’llaniladi. Lo’la pardozda o’ymaning chuqurligi kamayadi va naqsh mayin ko’rinishga ega bo’ladi. U mayin shakli, choka pardoz va Paxpardoz bilan birga qo’llanilganda o’ziga xos uyg’unligi bilan ajralib turadi. Ganch, yog’och, tosh o’ymakorligida keng qo’llaniladi. Jumladan, marg’ilonlik yog’och o’ymakori U. Ahmedov, asosan, shu usulda ishlagan, uning ishlari (eshik, kursi, quticha va boshqalar) da Lo’la pardoz yuksak mahorat bilan bajarilgan.