Lyuida
Lyuida — Xitoyning shimoliy-Sharqiy qismidagi ma’muriy shahar hududi, Lyaodun yarim orolining Janubiy chekkasida. Lyuyshun, Dalyan shaharlari va bir qancha uezd hamda mayda orollarni o’z ichiga oladi. Maydoni 4 ming km2. Muhim port va savdo-sanoat markazi. Lyuidaning sariq dengiz sohilidagi muzlamaydigan porti Xitoyning tashqi iqtisodiy aloqalarida muhim ahamiyatga ega. Kemasozlik va boshqa mashinasozlik tarmoqlari, elektrotexnika, kimyo, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor.