Log’on kanali
Log’on kanali — Farg’ona vodiysidagi kanal. Uzunligi 32,6 kilometr. 1939 yil 17 kun ichida 14 ming kishi ishtirokida qazilgan. Kanal qurilishida 338 ming m3 tuproq qazish ishlari bajarildi va bir qancha gidrotexnik inshootlar qurildi. Kanal sersuv Isfayramsoyni kamsuv Shohimardonsoy bilan birlashtiradi. Log’on kanali ishga tushirilishi Farg’ona vodiysidagi ayrim tumanlarning suv bilan ta’minlanishini yaxshiladi va 20 ming gektar qo’shimcha yangi yer o’zlashtirish imkonini berdi.