Luqmoni Hakim

Luqmoni Hakim – Sharq mumtoz adabiyoti va xalq og’zaki poetik ijodidagi donishmand tabib obrazi. Ko’pgina hikoya, afsona va ertaklar qahramoni. Navoiy («tarixi hukamo va anbiyo»), Xondamir («Ravzat Us-safo») va boshqalarda Luqmoni Hakim tarixiy shaxs-payg’ambar sifatida gavdalangan. Sharq mumtoz adabiyotida u qora tanli qul bo’lib, o’z payg’ambarona karomatlari tufayli ozod bo’lgan. O’zbek folklorida Luqmoni Hakim obrazi donolik timsoliga aylangan («Luqmoni Hakim», «Luqmoni Hakim va shoh» va boshqalar).