Ladoga ko’li
Ladoga ko’li (qadimgi nomi Nevo) -Rossiya Federatsiyasi Yvropa qismining shimoliy-g’arbidagi ko’l. Maydoni 17,7 ming km2, orollari bilan birga 18,1 ming km2. O’rtacha chuqurligi 51 metr, eng chuqur joyi 230 metr. Ko’lda 600 ga yaqin Orol (yiriklari — Mantsinsari, Valaam) bor. Ko’l o’rni tektonik yo’l bilan paydo bo’lgan. Iqlimi mo’tadil sovuq, Fevralda havoning o’rtacha temperaturasi — 8° dan — 10° gacha, iyulniki 16°-17°. Yiliga 550 mm yog’in tushadi. Volxov, Svir va boshqa daryolar quyilib, Neva daryosi oqib chiqadi. Ko’l suvi chuchuk. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi. Ko’l atrofi hududi sanoatlashganligi munosabati bilan suvi juda ifloslanib ketgan. Ladoga ko’li bo’yida Priozyorsk, Shlisselburg va boshqa shaharlar joylash gan.