Langustlar

Langustlar (Palinura) — o’noyoqli qisqichbaqasimonlar turkumining bir urug’i. Uzunligi 60 santimetrga yaqin, mo’ylov (antenna)lari uzun, yurish oyoqlari, odatda, qisqichsiz. Tanasi va antennalari tikanlar bilan qoplangan. Qorni uzun, qorinoyoqlari kalta, kuchsiz. 100 ga yaqin turi tropik va subtropik dengizlarda, faqat oddiy Langustlar (Palinura elephas) Yevropa dengizlarida tarqalgan. Antennasining 1-bo’g’inini ko’krak qalqoniga ishqab baland tovush chiqaradi. Langustlar tovushi baliqlarni cho’chitib, ularni o’ljani tashlab qochishga majbur qiladi. Bu o’lja Langustlarga qoladi. Langustlar bilan osminoglar oziqlanadi. Langustlar ovlanadi.