Layosh Buyuk, Layosh I
Layosh Buyuk, Layosh I (1326.5.3— 1382.11.9) — Vengriya (1342-82) va Polsha (Lyudovik I Buyuk yoki vengriyalik Lyudovik nomi bilan) (1370-82) qiroli. Anju sulolasidan. Vengriya dvoryanlarining imtiyozlarini mustahkamlaydigan qonun chiqargan (1351). Neapol qirolligi, Venetsiya, Litva va boshqalarga qarshi bosqinchilik urushlari olib borgan. Polyak shlyaxtalarpga huquq va imtiyozlar beradigan yorliq e’lon qilgan (1374).