Laparotomiya

Laparotomiya (Yunoncha lapara – qorin va tome — kesish) — qorin bushlig’ini ochish va undagi biror a’zoni operasiya qilish maqsadida qorin devorini kesish. Shifobaxsh (chin) va diagnostik turlari bor. Shifobaxsh Laparotomiyada qorin bo’shlig’i tekshiriladi va uning biror a’zosi operatsiya qilinadi. Diagnostik Laparotomiya qorin bo’shlig’i a’zolaridagi kasallik yoki biror nuqsonni aniqlash (tashhis qo’yish), shuningdek, operasiya qilish zarur yoki nozarur ekanligini bilish maqsadida (asosan, xavfli o’smalarda) qilinadi.