Legion
Legion (lotincha) — Qadimgi Rim armiyasidagi asosiy tashkiliy va taktik birlik (4,5—10 ming kishi); manipula va turmalardan, miloddan avvalgi 1-asr o’rtasidan esa kogortalardan tashkil topgan. 16-19-asrlarda Frantsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiyada turli harbiy qismlar «Legion» deb yuritilgan (masalan, Tsezar legioni; temir legionlar va boshqalar). Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniyada harbiy asirlardan turli xalqlarning Legionlari tashkil qilindi.