Leon

Leon — Ispaniyaning shimol qismidagi shahar. Leon tarixiy viloyatida, Kastiliya-Leon Muxtor viloyatining ma’muriy markazi. Transport yo’llari tuguni. Aeroport bor. Aholisi 140 ming kishi (1998). Metallsozlik, mashinasozlik, kimyo, farmasevtika, to’qimachilik, ko’n-teri, oziq-ovqat sanoati korxonalari, arxeologiya muzeyi bor. Shaharga rimliklarning harbiy lageri sifatida asos solingan, 10-13-asrlarda Leon qirolligi poytaxti. 11 — 16-asrlarga oid me’moriy yodgorliklaridan cherkov, gotika sobori va boshqalar saqlangan.