Leon

Leon — Meksikaning Markaziy qismidagi shahar. Guanaxuato shtatida. Meksika tog’ligining Janubda, 1800 metr balandlikda joylashgan. Aholisi 760 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Avtomobil yo’llari tuguni. Mamlakatning muhim ko’n-poyabzal sanoati va qishloq xo’jalik rayonining savdo markazi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari bor. Shuningdek, metallsozlik, kimyo va to’qimachilik sanoati rivojlangan. Leon yaqinidan rangli metall rudalari, oltin, kumush qazib olinadi. Shaharga 1576 yilda asos solingan. Tarixiy me’moriy yodgorliklar saqlangan.