Lyudovik (Louis)
Lyudovik (Louis) — Frantsiyada qirollar sulolasi. Eng mashhurlari: Lyudovik VII (1119/1121 – 1180.18.9, Parij) — qirol (1137 yildan). Kapetinglar sulolasidan. 2-salib yurishi (1147-49) yo’lboshchilardan biri. 1152 yil Akvitaniya gersoginyasi Alienora bilan bo’lgan nikohi bekor qilingach, Frantsiya Akvitaniyadan vaqtincha mahrum bo’lgan. Lyudovik VIII (1187.5.9, Parij -1226.8.11, Monpanse) — qirol (1223 yildan). Kapetinglar sulolasidan. Inglizlar bilan urushib Puatu, Perigor va boshqa frantsuz hududlarini qaytarib olgan. 1226 yil albigoychilar (bid’atchi diniy harakat qatnashchilari)ga qarshi urushga rahbarlik qilgan. Lyudovik IX Avliyo (1214.25.4, Puassi — 1270.25.8, Tunis) — qirol (1226 yildan). Kapetinglar sulolasidan. Davlat hokimiyatining markazlashtirish yo’lida islohotlar o’tkazgan. 1248 yil va 1270 yildagi 7,8 – salib yurishlariga rahbarlik qilgan. Parij bitimi (1259)ni imzolagan. Lyudovik XI (1423.3.7, Burj – 1483. 30.8, Plessi — Le—tur) — qirol (1461 yildan) Valua sulolasidan. Markazlashtirish siyosatini olib borgan. G’alayonlarni bostirgan. Anju, Pikardiya va boshqa hududlarni Qirollik domenkga qo’shib olgan. Lyudovik XII (1462.27.6, Blua – 1515. 1.1, Parij) — qirol (1498 y.dan). Va- Lua sulolasidan. 1499 yilgi harbiy yurishi bilan Italiya urushi (1494-1559)ni qaytadan boshlagan. Harbiy, sud, soliq, pul tizimida islohotlar o’tkazgan. Lyudovik XIV (1638.5.9, Sen-Jermenan-Le — 1715.1.9, Versal) — qirol (1643 yildan). Burbonlar sulolasidan. Uning davrida Frantsiyada mutlaq hokimiyat o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqqan. Rivoyatlarga ko’ra, «Davlat — bu men» degan ibora Lyudovik XIV ga tegishli. Frantsiya hududini kengaytirish maqsadida olib borgan to’xtovsiz urushlar, qirol saroyining katta xarajatlari, soliklarning oshishi, diniy ta’qiblar xalq qo’zg’olonlariga sabab bo’lgan. Lyudovik XVI (1754.23.8, Versal — 1793.21.1, Parij) — qirol (1774-92 yillar). Burbonlar sulolasidan. Buyuk Frantsuz inqilobi boshlang’ich, xorijiy davlatlarni Frantsiyaga qarshi qurolli yurish boshlashga undagan. Xalq qo’zg’oloni natijasida taxtdan ag’darilgan (1792 yil 10 avgust) Aksil inqilobiy faoliyati uchun Konvent tomonidan sud qilinib, o’limga hukm etilgan; qatl qilingan. Lyudovik XVIII (1755.17.11, Versal — 1821.16.9, Parij) — qirol (1814— 15 va 1815-24). Burbonlar sulolasidan. Buyuk frantsuz inqilobi davrida (1789— 94) xorijdagi frantsuz aksil inqilobchilari rahbari. Napoleon I taxtdan ag’darilgach, xorijiy davlatlar ko’magida hokimiyatni egallagan.