Lizing shartnomasi
Lizing shartnomasi – moliya ijarasiga oid shartnoma. Lizing shartnomasi bo’yicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) 1-taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) 2-taraf topshirigiga binoan ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) 3-taraf bilan undan o’z mablag’i hisobiga lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini; lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to’lovini to’lash majburiyatini oladi. Lizing ob’yekti va sub’yektlari, lizing to’lovi, lizing beruvchi va lizing oluvchining majburiyatlari, ularning hamda ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)ning javobgarligiga oid qoidalar O’zbekiston Respublikasining FK va O’zbekiston Respublikasining «Lizing to’g’risida»gi qonuni (1999 yil 14 aprel) da belgilangan.