Kanar oqimi
Kanar oqimi — Atlantika okeani shimoliy qismining sharqidagi sovuq oqim. Kengligi 400-600 kilometr. Shim. Atlantika oqimining tarmog’i bo’lib, Pirenei yarim oroli va Afrikaning shimoliy- g’arbiy qirg’oqlari bo’ylab shimoldan Janubga tomon harakatlanadi. Suvining temperaturasi 12° dan 26° gacha. Tezligi 0,9—1,8 km/ soat. Suv sarfi 16 million m3/sek. Suvining sho’rligi 36-36,8%s. Janubda shimoliy passat oqimiga qo’shilib ketadi, bir qismi esa Gvineya qo’ltig’i tomonga buriladi.