Lyutnya

Lyutnya (Arab, al-ud — xushbo’y daraxt) — torli tirnama musiqa cholg’usi. Kosaxonasi, katta, dastasi kalta va keng, quloklar joylashgan uchi qayrilgan. 6— 11 ichak tori, 4 (16-asrdan boshlab 11) pardasi bo’lgan. O’rta Osiyodan Arab mamlakatlari orqali Ispaniya va Sisiliyaga o’tgan ud asosida yuzaga kelib, 14-asrda Lyutnya nomi bilan butun Yevropaga tarqalgan. Sadolanishi, Yevropa ko’povozli (asosan, gomofoniya uslubidagi) musiqasiga xos parda tuzilishi, tovushqator tizimi bilan o’tmishdoshidan farq qilgan. Uyg’onish davrida Lyutnya yakkanavoz va ansambl cholg’usi sifatida Yevropa musiqa madaniyatida asosiy o’rinni egallagan. Lyutnya uchun kompozitorlar maxsus asarlar yaratgan, xalq kuylarini qayta ishlagan. Lyutnya asarlarining notalari Tabulatura tarzida chop etilgan.