Lolabuloq nodir metalli pegmatitlar koni
Lolabuloq nodir metalli pegmatitlar koni — Qoratepa tog’ining Janubi-g’arbi (Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani)dagi kon. Lolabuloq granitoidli massivi doirasida joylashgan. Nodir metalli minerallashuvga ega bo’lgan pegmatoidli kvarsdala shpati jinslari konning Sharqiy qismlari uchun xos. Dala shpatiga boy pegmatit maydoni intruziv bilan cho’kindi- metamorfik qatlamlar tutashgan yerlarda joylashgan bo’lib, eni 1,5 kilometr, uzunligi 25 kilometrli hududni tashkil qiladi. Konning geologik tuzilishida biotitli va porfirli granodiorit, sienit, biotit, muskovitli va leykokrat granitlar ishtirok etgan. Kon batolitga o’xshash yuqori paleozoy davriga mansub magmatik tog’jinslari, Dautosh va Burliktepa svitalariga man- sub metamorfik ohaktoshli, effuziv kvars va felzit porfirli qatlamlar bilan o’ralgan. Kondagi nodir metalli pegmatitlar tarkibida mikroklin, muskovit, kvars, albit va aktsessor elementlardan mineral va elementlar ko’rinishida berilliy: niobiy, kolumbit, tantal, qalay, kassiterit, litiyli muskovit, o’zgargan spodumen, apatit, granit, kamroq turmalin, flyuorit va boshqalar bor. Ba’zan Nnodir elementlarning minerallarini uchratish mumkin.