Li (Lie) Sofus

Li (Lie) Sofus (1842.17.12, Norferdeyd — 1899.18.2, Kristianiya, hozirgi Oslo) — norveg matematigi. Peterburg Fanlar Akademiyasi xorijiy muxbir a’zosi (1896). Oslodagi Xristianiya universitetini tugatgan (1865); shu universitetda (1872-86), so’ng Leyptsig universitetida (1886-98) professor. Li gruppalari deb ataladigan uzluksiz gruppalar nazariyasining asoschisi. Lining bu sohadagi ishlari differentsial tenglamalar nazariyasida, algebra, geometriya, topologiya va boshqa sohalarda muhim o’rin tutadi. N.I.Lobachevskiy nomidagi xalqaro mukofotga sazovor bo’lgan (1897).