Lyuter (Luther) Martin
Lyuter (Luther) Martin (1483.10.10 — Eysleben — 1546.18.2) — Germaniyadagi Reformatsiya arbobi, Lyuterchilik asoschisi. Erfurt universitetini tugatgan (1505). 1508 yildan Vittenberg universitetida dars bergan. Germaniyada katolik Cherkoviga qarshi ijtimoiy harakat kuchaygan sharoitda Lyuter 95 tezisi bilan indulgentsiyaga qarshi chiqdi. Katolik cherkovining asosiy aqidalarini inkor etuvchi bu tezislar uning yangi diniy ta’limotining mohiyatini tashkil qildi. Lyuter o’zining yangi qoidalari bilan cherkov va ruhoniylarning jamiyatdagi hukmron mavqeini inkor etib, «ruhni xalos etish»ning yagona yo’li bevosita Xudo ato etgan xristian diniga e’tiqod qilishdir, deb uqtirgan. Bibliyani nemis tiliga tarjima qilgan va shu bilan umum nemis adabiy tili normalarini qaror toptirgan. Lyuter asarlarining to’la nashri nemis tilida (67 jildda), lotin tilida (38 jildda) chop etilgan.