Nampxo
Nampxo — KXDRning g’arbiy qismidagi shahar. Ma’muriy jihatdan provintsiyaga tenglashtirilgan. Aholisi 400 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llarining muhim tuguni. Sariqdengiz bo’yidagi port, Pxenyan avanporti. Rangli metallurgiya sanoatining yirik markazi. Mashinasozlik, elektromexanika, oynashisha, to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Baliq ovlanadi.