Nasriddinova Yodgor Sodiqovna

Nasriddinova Yodgor Sodiqovna (1920.26.12, Qo’qon) — davlat va jamoat arbobi. Toshkent temir yo’l transporti institutini tugatgan (1941). Toshkent temir yo’l bekatida muhandis (1941 — 42). Komsomol va partiya organlarida rahbar lavozimlarda (1942-52). O’zbekiston qurilish materiallari sanoati vaziri (1952-55), Respublika Ministrlar Soveti raisi o’rinbosari (1955-59), O’zbekiston Oliy Soveti Prezidumining raisi (1959-70), ittifoq Oliy Soveti Millatlar Soveti raisi (1970— 74), SSSR qurilish materiallari sanoati vaziri o’rinbosari (1974-78). 1978 yil dekabrdan nafaqada.