Nasriddinshoh

Nasriddinshoh (1831-1896.1.5, Tehron) — Eron shohi (1848-96). Qojarlar sulolasidan. Uning davrida Bobiylar qo’zg’olonlari shafqatsizlik bilan bostirilgan. Nasriddinshoh davrida Yevropa mamlakatlarining Erondagi siyosiy tazyiqi kuchaygan. Nasriddinshoh chet el (ingliz va rus) sarmoyadorlariga telegraf, bank, yo’l va boshqa kontsessiyalarkni bergan. 1892 yilda Angliyadan davlatni asoratga soladigan katta qarz olgan. Chet el tamaki kontsessiyasiga qarshi ko’tarilgan harakatni jazolagani uchun maxfiy terroristik tashkilot vakili Mirzo Rizo Kermoniy tomonidan o’ldirilgan.