Syudad-Xuares
Syudad-Xuares – Meksikaning shimoliy qismidagi shahar, RioBravodel- Norte daryosi bo’yida, AQShning Elpaso shahri qarshisida joylashgan. Chiuaua shtatida. Aholisi 1,2 million kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Metallsozlik, paxta tozalash, ko’npoyabzal, oziqovqat va boshqa sanoat korxonalari, universitet bor. Qishloq xo’jalik (paxta, chorvachilik) rayonnining savdo markazi. Shaharga 1659 yilda Elpasodelnorte nomi bilan asos solingan. 1888 yildan shahar maqomi berilgan va hozirgi nomi bilan ataladi. Turizm rivojlangan.