Suxe-Bator
Suxe-Bator — Mongoliyaning shimoliy qismidagi shahar. Selenga aymog’ining ma’muriy markazi. Aholisi 22,9 ming kishi (1999). Transmongoliya temir yo’l magistrali bo’yidagi savdo-transport tuguni, Orxon daryosini Selenga daryosiga quyilish joyidagi pristan. Yog’ochsozlik kombinati, gugurt fabrikasi, qog’oz, oziq-ovqat korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi bor. Shaharga 1940 yilda asos solingan va Mongoliyaning siyosiy va davlat arbobi Suxe-Bator nomi bilan atalgan.