Savoy kanali
Savoy kanali — Farg’ona vodiysidagi davlatlararo kanal. 1930 yil Savoy dashtini o’zlashtirish uchun kampirravot gidrouzelidan Oqbo’ra daryosigacha qazilgan. 1932-33 yillarda keying navbati qurilgan. Uzunligi 53 kilometr. Shundan 30 kilometrdan ortiqrog’i Qirg’izistonning O’sh viloyati hududida, qolgan kismi Andijon viloyati hududidan o’tadi. Kanalning boshlanish qismidagi suv sarfi 20 m3/sek. Kanal jami 34 ta suv chiqarish qurilmalari (shundan 3 tasi Qirg’izistonda) bilan jihozlangan. Kanal 29 kilometrda Oqbo’ra daryosini dyuker orqali kesib o’tadi. Savoy kanali suvi bilan Andijon viloyatining Qo’rg’ontepa va Xo’jaobod tumanlarida 15,2 ming gektar, O’sh viloyatida 3,7 ming gektar yer sug’oriladi. Kanadsa sel suvlari uchun tashlamalar qurilgan.