Leonov Leonid Maksimovich
Leonov Leonid Maksimovich [1899.19(31).5 – Moskva – 1994] – rus yozuvchisi, akademik (1972). Ijodi 1922 yildan boshlangan. «Bo’rsiqlar» (1924) romani Leonovning rus maishiy hayoti va meshchanlar ruhiyatini yaxshi bilishini namoyish etgan. Leonov «O’g’ri» (1927, qayta ishlangan nashri 1959), «sot» (1929) romanlari, «Qishlokdagi voqea», «oq tun» (1928) kabi qissalarida rus xalqi hayotining murakkab manzaralari, yangi iqtisodiy siyosat davri fojialarini aks ettirgan. «Skutarevskiy» (1932), «Okean sari yo’l» (1936) va boshqa romanlarida rus ziyolilari — olimlar, san’atkorlar, injenerlar taqdiri, ular boshiga tushgan fojialar hikoya qilingan. Leonov 30-yillarda dramaturg sifatida ham ijod etib, mehnat mavzuida «Polovchan bog’-rog’lari» (1938), «bo’ri» (1938), 40-yilda esa urush mavzusida «istilo» (1942) pyesalarini yozgan. Leonov ijodida 2-jahon urushi manzaralari aks ettirilgan «rus o’rmoni» (1953) romani muhim o’rinni egallaydi. Leonovning «Yevgenia Ivanovna» (1938, nashr etilishi 1963) qissasida hayot yo’li xorijda yakunlangan rus ayolining murakkab qismati katta mahorat bilan tasvirlangan. «Oltin arava» (1946, qayta ishlanishi 1955) pyesasi va «Mister Makkinlining qochishi» (1961; shu nomdagi film, 1976) kinoqissasi bor. Leonov rus mumtoz adabiyoti, ayniqsa, F.M.Dostoyevskiy ijodiga xos vatanparvarlik va ruhiy tahlil an’analarini davom ettirgan.