Legirlangan cho’yan

Legirlangan cho’yan — tarkibiga ma’lum xossa beradigan legirlovchi elementlar (xrom, alyuminiy, nikel, vanadiy, titan va boshqalar) sun’iy ravishda qo’shilgan cho’yan. Mikrolegirlangan (elementlar mikrodozada qo’shiladi), kam (elementlar 3% gacha qo’shiladi), o’rtacha (3-10%), yuqori (10% dan yuqori) Legirlangan xillarga bo’linadi. Bundan tashqari, Legirlangan cho’yan cho’yan xromli, alyuminiyli, nikelli; konstruktsion, antifriktsion, korroziyabardosh, issiqbardosh, olovbardosh, magnitmas, yeyilishga chidamli va boshqa turlari bor. Legirlangan cho’yandan tsilindr bloklari, porshenlar, tirsakli vallar, podshipniklar, ishqalanuvchi detallar va boshqalar tayyorlanadi.