Lu sin

Lu sin (taxallusi; asl ismi Chjou shujen) (1881.25.9, Shaosin -1936.19.10, Shanxay) — Xitoy yozuvchisi, publitsist va jamoat arbobi. Hozirgi zamon Xitoy milliy adabiyoti asoschisi. «Hayqiriq» (1923) hikoyalar to’plamida oddiy kishilarning qashshoqligi va huquqsizligi, «sarsonlik» (1926) novellalar to’plamida esa yarim feodal Xitoydagi ziyolilar taqdiri aks ettirilgan. «A-Kyuning haqiqiy tarixi» (1921) qissasida «kichkina odam»ning fojiasi tasvirlangan. «Yovvoyi o’tlar» (1927) nasriy she’rlar to’gotami muallifi. «Yangicha hikoya qilingan eski rivoyatlar» (1936) to’plamida tarixiy va mifologik obraz yaratilgan. Publitsistik asarlarida Pekin va Shanxaydagi ijtimoiy voqealar xususida fikr yuritiladi («issiq shamol», 1925; «qabr», 1927 va boshqalar). Jahon adabiyoti klassiklarining ayrim asarlarini Xitoy tiliga tarjima qilgan. Lu sinning o’zbek tilida «qadrdon qishlog’im» (1956) hikoyalar to’plami va «Tanlangan asarlar»i (1959) nashr etilgan.