Lodigin Aleksandr Nikolayevich
Lodigin Aleksandr Nikolayevich [1847.6(18). 10, Tambov viloyati — 1923.16.3] — rus elektrotexnigi. Moskva Yunker o’quv yurtini tugatgan (1867). Ko’mir sterjenli cho’g’lanma lampa ixtiro qilgan (1872) va shu ixtirosi uchun Avstriya, Bukj Britaniya, Frantsiya va Belgiyadan patent olgan. 1890 yilda metall tolali cho’g’lanma lampaning bir necha turini yaratdi. Shuningdek, metall va rudalar eritadigan elektr pechlar qurdi, elektr tortqi, elektrotermiyaga oid ishlar ham qilgan. 1880— 1905 yillarda chet ellarda yashadi. 1916 yil AQShga ketib, o’sha yerda vafot etdi.