Lozanna konferentsiyasi
Lozanna konferentsiyasi – Yaqin Sharq masalalari bo’yicha 1922 yil 20 noyabr — 1923 yil 24 iyulda bo’lib o’tgan konferentsiya. Turkiya Angliya — Gresiya interventlariga qarshi urushda (1919-22) g’alaba qozonganidan keyin o’tkazilgan. Unda bir tomondan — Turkiya, 2-tomondan — Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya, Gretsiya, Ruminiya, Yugoslaviya ishtirokida Lozanna tinchlik sulhi imzolandi (1923 yil 24 iyul), Turkiyaning hozirgi chegaralari belgilandi. Kapitulyasiyalar rejimi va chet ellik fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy imtiyozlari, Turkiya ustidan xalqaro moliyaviy nazorat bekor qilindi.