Lodjiya
Lodjiya (italyancha loggia, nemischa Laudia — ayvon turi) — binoning umumiy hajmiga kiritilgan, tashki tomoni ochiq (ba’zan devor o’rnida ustunlar, ravoq yoki panjara bilan to’silgan) dahliz, yozgi xona, balkotning bir turi. Galereyalar ham ba’zan Lodjiya deb nomlanadi (Masalan, D. Bramante va S. Rafael yaratgan Vatikan saroyining San Damazo galereyasi Vatikan Lodjiyasi nomi bilan mashhur). Lodjiya alohida inshoot sifatida ham qurilishi mumkin (Florentsiyadagi dei Lantsi. 1376-80; me’mori Benchi Di Chone, S. Talenti). O’rta Osiyo iqlimi sharoitida xonalarni ortiqcha quyosh nuridan muhofaza etishda ham ayvon Lodjiyadan foydalaniladi. Zamonaviy me’morlikda («O’zbekiston» mehmonxonasi va boshqalar) Lodjiya keng qo’llanilmoqda.