Lipene Irena Yuozo

Lipene Irena Yuozo (1939.25.12, Kaunas) — rassom, vitrajchi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1989). Vilnyus badiiy institutini tugatgan (1965). O’z ijodi bilan respublika mahobatli bezak san’ati rivojiga hissa qo’shdi. «Shamollar guli» (1984, Toshkent teleminorasidagi «Koinot» restoranining Sharq zalida), «yonish» (1986, Qo’qon musiqali drama teatrida) va boshqa kompozitsiyali vitrajlar, chiroqdonlar, qandillar (Toshkent metropolitenining «Mustaqillik maydoni», «Hamid Olimjon», «Pushkin» bekatlarida), «Quyoshga madhiya», «oy», «sayyoralar paradi» (1987, Toshkent viloyati «Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida) va boshqa asarlar muallifi.