Lauegramma

Lauegramma — monokristallning rentgen nuridagi difraktsion tasvirini qayd etish. 1912 yilda shu usulni taklif etgan M. Laue nomi bilan ataladi. Lauegrammani birinchi marta nemis olimlari V. Fridrix va P. Knipping fotoplyonkada hosil qilgan. Laue usulida uzuluksiz spektrli rentgen nurlarining ingichka dastasi shu nurlar uchun difraktsion panjara vazifasini bajaruvchi qo’zg’almas monokristallga uzatiladi. Kristall hosil qilgan difraktsion tasvir kristall ortiga joylashtirilgan fototasmada qayd qilinadi. Rasmda berilliy monokristallida olingan Lauegramma ko’rsatilgan. Monokristallning turli kristallografik tekisliklarida joylashgan atomlardagi rentgen nuri difraktsiyasi Lauegrammada ma’lum bir dog’larni hosil qiladi. Lauegrammadagi dog’larning soni va joylashishiga qarab, masalan, kristallning simmetriyasi to’g’risida xulosalar chiqariladi. Lauegramma usuli rentgen struktura analizida qo’llaniladi.