Lapas qalay koni

Lapas qalay koni – Zirabuloq tog’larining Janubi-g’arbida joylashgan kon. 1952-56 yillarda Qarnob ishlab chiqarish Kombinata ruda qazib olgan. Konning geologik tuzilishida yuqori silur sistemasiga kiruvchi marmarlashgan ohaktoshlar, qumtoshlar, slaneslar ishtirok etgan. Ularni har xil kattalikdagi lamprofirli daykalar yorib chiqqan. Ruda tanalari 80 metr chuqurlikkacha tog’lahimlari va Parma quduqlari yordamida ochilgan. Ularning barchasi shimoliy- G’arb yo’nalishidagi tik yotuvchi yer yorig’i bo’ylab rudalashgan zonani tashkil etadi. Zonaning qalinligi 10-40 metr, uzunligi 250 metr. Yondosh jinslar kvarsserisitga aylanib ketgan lamprofir daykalari, kvars tomirlari va dolomitlashgan ohaktoshlardan tarkib topgan. Lapas qalay koni karbonatli-kassiterit xol-xolli, tomirli va uyasimon birikmalarni tashkil etadi. Yo’ldosh minerallar sifatida galenit, sfalerit, xalkopirit va arsenopirit uchraydi. Ruda uyumlari ustun shaklida. Ulardagi qalayning o’rtacha miqsori 3%. Konning rudaga boy qismi qazib olingan.