Lev III
Lev III (taxminan 675 — 741) — Vizantiya imperatori (717 yildan). Isavriya sulolasi asoschisi. Konstantinopol bo’sag’asida (718 yil), Akroinos yaqinida (740 yil) arablar hujumini qaytargan. Lev III 726 yilda Eklog (qonunlar to’plami) ni nashr ettirgan. Ikonaga qarshi kurashuvchilar harakati asoschisi.