Lenina Yelena Lazarevna

Lenina Yelena Lazarevna (1890.9.4, Tomsk — 1980, Moskva) — O’zbekiston xalq artisti (1950). 1934 yildan M. Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatrida ishlagan. Eng yaxshi rollari: Madam Ksidas («Interventsiya»), Vasilisa Karpovna, Melanya («tubanlikda», «Yegor Bulichyov va boshqalar»), Kruchinina, Kabanixa («aybsiz aybdorlar», «momaqaldiroq»), Miller xonim («Makr va muxabbat»), missis Xiggins («Pigmalion»), To’raeva («Sotqinlar»), Hoji ona, Hojar («boy ila xizmatchi», «Paranji sirlari»), Hosiyat («Sharq tongi») va boshqalar. Lenina ijrosiga xarakterli rollar yaqin bo’lib, yaratgan obrazlari to’laqonliligi, tashqi ifoda vositalari va nutqining mukammalligi bilan ajralib turadi.