Latipov Rahmatjon Mamadaliyevich

Latipov Rahmatjon Mamadaliyevich (1941.1.5, Samarqand) — opera xonandasi (tenor), O’zbekiston xalq artisti (1999). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1970). Samarqand opera va balet teatri (1970-92), Navoiy teatri (1992 yildan) da yakkaxon xonanda. O’zgarishlarga boy, chiroyli va kuchli ovoz sohibi. Opera sahnasida Moniy (M. Ashrafiy, «Dilorom»), Cho’ponali (S. Yudakov, «Maysaraning ishi»), Almaviva (J. Rossini, «Sevilya sartaroshi»), Alfred, Gersog, Manrike, Otello (J. Verdi, «Traviata», «Rigoletto», «Trubadur», «Otello»), Lenskiy, German (P. Chaykovskiy, «Yevgeniy Onegin», «Qarg’a motkasi») va boshqalar; operettada danila (Legar, «xushchaqchaq beva»), Genrix Eyzenshteyn (Shtraus, «Ko’rshapalak») kabi rollarni ijro etgan. Kontsert repertuaridan o’zbek va rus kompozitorlari romans hamda estrada qo’shiqlari (I. Akbarovning «yor, kel», «Ra’no», S. Yudakovning «kuylama, sohibjamol» va boshqalar), Neapol xalq qo’shiqlari o’rin olgan.