Lixovich-Shamsheva Yevgeniya Mixaylovna
Lixovich-Shamsheva Yevgeniya Mixaylovna (1887.20.1 — Toshkent — 1979.22.12) — aktrisa va opera xonandasi. O’zbekiston xalq artisti (1949). Peterburg konservatoriyasida o’qigan (1906). Ijodiy faoliyatini 1906 yildan Toshkentda dramatik aktrisa sifatida havaskorlik to’garaklarida boshlagan. 1918-1923 yillarda Toshkentdagi rus opera teatrida Natasha (A. Dargomijskiy, «suv parisi»), Liza, Tatyana (P. Chaykovskiy, «qarg’a motkasi», «Evgeniy Onegin»), Margarita (Sh. Guno, «Faust») kabi partiyalarni ijro etgan. 1923-39 yillarda Rossiyaning turli shahar operetta teatrlarida ishlagan. 1941-51 yillarda Toshkentdagi harbiylar teatrida Murzaveskaya, Shablova (A. Ostrovskiy, «bo’rilar va qo’ylar», «Kechikkan sevgi»), Mariya Nikolaevna (K. Simonov, «Rus kishilari») singari rollarni yaratgan.