Lepidolit

Lepidolit (Yunoncha lepis — tangacha va lithos — tosh) — silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi KLi15Al,5(F, OH)2[AlSi3O,0]. Tarkibida 3-6% Li2O bo’ladi. Qo’shimchalari G’e, Mn, Mg, Pb, Cs. Qattiqligi 2,5—3,5. Zichligi 2800— 2900 kg/m’. Monoklin singoniyali. Plastinkasimon, yupka tangachalar shaklida, ba’zan zich mayda donali agregatlar. Oq, ko’pincha pushti, och binafsha rangli. Sadafsimon yaltiroq, shaffof o’zgargan granit (greyzen) va ba’zi bir pegmatitlarda dala shpatlari, kvars, albit, muskovit va boshqa minerallar bilan birga uchraydi. Qozog’iston, Rossiya Federatsiyasi (Ural, Zabaykale, Kola yarim oroli), Ukraina, AQSh (Men shtati), Shvesiya (Utyo oroli)da konlari bor. Lepidolitdan, asosan, litiy, yo’lakay Rubidiy va tseziy olinadi. Optika shishalari va emal tayyorlashda ham ishlatiladi.