London ilm-fan muzeyi, Ilm-fan va sanoat milliy muzeyi

London ilm-fan muzeyi, Ilm-fan va sanoat milliy muzeyi — Buyuk Britaniyada texnika yo’nalishidagi eng yirik va qadimgi muzeylardan biri. 1851 yil Kensington parkidagi katta texnika ko’rgazmasi negizida tashkil etilgan. 1857 yil 24 iyunda ochilgan. Fan va texnika taraqqiyoti tarixi hamda uning hozirgi holatini aks ettiradigan material va buyumlar yig’ilgan; shuningdek, ana shu material va buyumlar namoyish qilinadi. 60 ga yaqin bo’limi bor. Muzeyda 50 mingga yaqin buyum mavjud. Kollektsiyalar xronologik tartibda joylashtirilgan. Ekspozisiyalar namoyish qilinadigan maydon 30 ming m2ni tashkil etadi. Muzey buyumlari asosan, asl, ishlaydigan priborlar, jihoz va mashinalar (masalan, aeronavtika bo’limidagi ekspozisiyalar orasida 20 dan ortiq samolyot bor) yoki ularning aniq modellaridan iborat. Muzeyning tarixiy noyob materiallari orasida J. Uattning yaxlitligicha muzeyga ko’chirib olib kelingan ustaxonasi, J. Stefenson lokomotivi saqlanadi. Muzeyda kutubxona, lektsiya va kino zali, ustaxona, fotostudiya, bo’limlarda laboratoriyalar bor. Ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.