Levkipp
Levkipp (Leukippos) (miloddan avvalgi 5-asr) — yunon faylasufi, antik atomistik ta’limot asoschilaridan biri. Fanga mutlaq bo’shliq va bu bo’shliqda harakat qiladigan atomlar hamda mexanik zaruriyat tushunchalarini kiritgan. Uning fikricha, olamda barcha narsalar eng mayda, odsiy bo’linmas zarralar-atomlar va bo’shliqdan tashkil topgan. Borlik, va yo’qlik bir vaqtda mavjud, ularning ikkisi ham narsalarning kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Atomlar borliq sifatida mohiyatan zich va to’la, ular bo’shliqda harakat qiladi. Bo’shliq borliq emas, ammo u ham borliq kabi mavjud. Atomlar xilma-xil, doimo harakatlanuvchi unsurlardan tashkil topgan bo’lib, cheksiz shakllarda namoyon bo’ladi hamda doimo o’zgarib, paydo bo’lib turadi. Levkippning atomistik qarashlarini Demokrit davom ettirdi va rivojlantirdi.