Popokatepetl

Popokatepetl — Meksikaning Janubiy qismidagi so’nmagan vulkan, Ko’ndalang vulkanli Serra tog’larida. Bazalt va andezitlardan tuzilgan, balandligi 5452 metr. Doim tutun burqirab turadi. 16-17-asrlarda tez-tez otilib turgan. Yon bag’irlari 3800 metrgacha dub va qarag’ay o’rmonlari bilan qoplangan. Cho’qqilarida doimiy qor va muzliklar bor. Milliy bog’ tarkibida.