Porfirit
Porfirit — tarkibida kvars bo’lmagan effuziv paleotip tog’ jinsi; andezitta o’xshash. Porfiritda 60-65% SiO2 bo’ladi. Shishadan iborat asosiy massa orasida plagioklaz, andezin, ba’zan piroksenning yirik kristallari uchraydi. Tarkibiga qarab bazaltli, plagioklazli, piroksenli va boshqa turlarga bo’linadi. Burmali va platformali oblastlardagi turli geologik yoshdagi yotqiziqlar orasida keng tarqalgan.