Posidoniy
Posidoniy (Poseidonios) (miloddan avvalgi taxminan 135, Apameya, Suriya — miloddan avvalgi 51, Rodos oroli) — yunon stoik-faylasufi, Rodos orolidagi maktab boshlig’i. Tsitseronnnng ustozi. Stoisizmni platonizm bilan birga qo’shgan. Bilimning hamma sohasini qamrab olgan asarlari antik naturfalsafani yakunlab bergan va shu tariqa antik falsafaga har tomonlama ta’sir ko’rsatgan.