ABBOS BURNI

ABBOS BURNI – Orol dengizining janubi qirg’og’idagi burun. G’arbda Toldiq qo’ltig’i, shimol va sharqda ochiq dengiz bilan o’ralgan edi. Abbos burni aslida Amudaryoning Ko’nadaryo tarmog’i loyqalaridan vujudga kelgan. Yer yuzasi pasttekislik. Qirg’oqlari qumloq, qamishzor bo’lgan. 1961 yildan Orol dengizi suvi sathi pasayib ketishi tufayli, geografik joy sifatida tabiiy xususiyatini (mavqeini) yo’qotdi.