Abdulloh ibn Abbos
Abdulloh ibn Abbos (taxminan 619-687) – sahoba, mufassir va faqih. Muhammad (s.a.v.)ning jiyanlari. Yoshligidanoq ilmga chanqoqligi, teran fikrlashi va zukkoligi bilan ajralib turgan. Muhammad (s.a.v.)dan tehsil olgan, tafsir ilmida katta obro’ qozongan. Shuning uchun unga Xabr al-umma (Ummat olimi) laqabi berilgan. 630 (hijriy 8) yilgacha oilasi bilan Makkada yashagan, shahar fath etilishi arafasida Madinag ko’chib o’tgan. Usmon ibn Affon (r.a.)ning vafotidan so’ng Ali ibn Abu Tolib (k.v.)ni xalifa sifatida tan olib, uning maslahatchilaridan biri bo’lgan. Xalifa Ali (k.v.) uni Basraning voliysi lavozimiga tayinlangan. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)ning voliyligi davrida xorijiylarning qo’zg’olonlari bostirilgan. Keyinchalik o’z xohishiga ko’ra iste’foga chiqib, umrining oxirigacha Makkada yashagan. Muofiya I vafotidan so’ng uning o’g’li Yazid hukumatni qo’lga olgan. Abdulloh ibn Abbos Yazidga qarshi Kufa xalqining isyonini qo’llash maqsadida yo’lga otlangan Husayn ibn Alini fikridan qaytishga chaqirgan. Ammo Husayn bunga ko’nmay, Kufaga borgan va Karbaloda halok bo’lgan. Abdulloh ibn Abbos 4 nafar buyuk Abdulloh ismli sahobalardan biri hisoblanadi. “Tanvir al-miqbas min tafsiri Ibn Abbos” asarining muallifi. Muhammad (s.a.v.) va sahobalarning faoliyatlari, aytgan so’zlari haqidagi hikoyalar (hadislar)ni to’plash fikri dastlab Abdulloh ibn Abbosga kelgan. Shuningdek, u Qur’onni tafsir qiluvchi, fiqhga oid masalalarni sharhlovchi (huquqqa doir masalalar bo’yicha uning o’zi xulosa chiqargan), johiliyat davri tarixi, Muhammad (s.a.v.)ning harbiy yurishlariga oid hikoyalarni yetkazuvchi sifatida ham mashhur.